Kamoliddin Tojiyev: \"Ayman jamoaga foyda keltirmoqda\"
Toshkent derbisidan keyin “sherlar” bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev bosh murabbiyi matbuot anjumanida qatnashdi.
"Yigitlar o‘yinning juda muhim ekanini tushunib turishgandi. Ular oxirigacha kurashishdi, bu esa g‘alaba qozonishimizni ta’minladi.
Ko‘p vaziyatlar yaratdik, ularning uchtasidan foydalandik. Har bir bahsda imkoniyatlarimiz ko‘p bo‘ladi. Ulardan unumli foydalanish borasida ishlashda davom etamiz.
Ayman jamoaga foyda keltirmoqda. U hujumlar boshlashimiz, bo‘sh hududlarga chiqishimizda yordam bermoqda.
Avvalgi bellashuvlarda assist berdi, raqibning qizil kartochka olishiga sababchi bo‘ldi. Tarkibdagi har bir o‘yinchida o‘ynash uchun imkon yuzaga keladi",-dedi murabbiy.