locale OZ

Superliga. \"Neftchi\" \"Xorazm\"ni mag'lub etib, 2-o'ringa ko'tarildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. "Neftchi" "Xorazm"ni mag'lub etib, 2-o'ringa ko'tarildi
Photo: Neftchi PFK

O‘zbekiston chempionatining 15-turining so‘nggi bahsida “Neftchi” klubi “Xorazm”ni qabul qildi.

Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionidagi bahsda Vitaliy Levchenko shogirdlari 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda dastlab 12-daqiqada Toma Tabatadze hisobni ochdi. Keyinchalik 69-daqiqada Zoran Marushich ikkinchi gol muallifiga aylandi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Neftchi” 30 ochko bilan 2-o‘ringa ko‘tarildi. “Xorazm” esa 14 ochko bilan 13-pog‘onada qoldi.

Superliga. 15-tur

“Neftchi” 2:0 “Xorazm”

Gollar: Toma Tabatadze, 12 (1:0), Zoran Marushich, 69 (2:0)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting