locale OZ

Superliga. «Navbahor» safarda «Mash’al»ni mag'lub qildi

O‘zbekiston Superligasining 19-turida «Mash’al» o‘z maydonida «Navbahor»ni qabul qildi.
Superliga. «Navbahor» safarda «Mash’al»ni mag'lub qildi
photo: Mash'al fk
O‘zbekiston Superligasi
26.08.2026, Yak.
Mashal
0
Navbahor Namangan
2

O‘zbekiston Superligasining 19-turida «Mash’al» o‘z maydonida «Navbahor»ni qabul qildi. Bellashuv mehmonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Navbahor» safida Jasur Jaloliddinov 20-daqiqada hisobni ochdi. 67-daqiqada Shohruhbek Abdurahmonov ikkinchi golni urib, namanganliklarning g‘alabasini ta’minladi.

Ushbu natijadan so‘ng «Navbahor» ochkolari sonini 37 taga yetkazib, 3-o‘ringa ko‘tarildi. «Mash’al» esa 4 ochko bilan eng so‘nggi o‘rinda qolmoqda.

Superliga. 19-tur
Mash’al - Navbahor 0:2
Gollar:
Jasur Jaloliddinov 20, Shohruhbek Abdurahmonov 67
Ogohlantirishlar: Pavel Bureyev 31, Komiljon Tojiddinov 43, Asadbek Rahimjonov 52, Mahmud Jo‘raboyev 70, Islombek Mamatkazin 75, Nuriddin Nuriddinov 86, Aleks Fernandes 88, Straxinya Boshnyak 90

Mash’al: Samandarbek Jo‘rabekov, Komiljon Tojiddinov, Sardor Abduraimov (Normurod Ko‘charov, 59), Mahmud Jo‘raboyev, Nuriddin Nuriddinov, Tohirbek To‘xtasinov, Muhammadbobir Mo‘ydinov (Zafarbek Akramov, 59), Ergash Ismoilov, Pavel Bureev (Straxinya Boshnyak, 65), Azizbek Choriyev (Drago Bumbar, 65), Ahrorbek Rahimov.
Navbahor: O‘tkir Yusupov, Islombek Mamatkazin, Dilshodjon Komilov, Ruslanbek Jiyanov (Aleks Fernandes, 78), Diyor Xolmatov (Shohruhbek Abdurahmonov, 66), Husayn Norchayev, Asadbek Rahimjonov, Umar Adhamzoda (Georgiy Jgerenaya, 66), Jasurbek Jaloliddinov (Teydi Benjamin, 78), Muhammadqodir Hamraliyev, Muhammadali Usmonov (Vanya Ilich, 66).

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting