locale OZ

Superliga. «Mash'al» va «Buxoro» uchrashuvida hisob ochilmadi

Mehmonlar uchrashuvni bir kishi kam holatda yakunladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. "Mash'al" va "Buxoro" uchrashuvida hisob ochilmadi
Фото: Машал ПФК

Superliga 23-turidan o‘rin olgan "Mash'al" - "Buxoro" uchrashuvi yakunlandi. Bahs 0:0 hisobida yakunlandi.

Mehmonlar 30-daqiqada Frane Ikićning qizil kartochkasidan so‘ng 1 kishi kam bo‘lib qolishdi, ammo o‘yin oxirigacha darvozasi daxlsizligini saqlab qola oldi.

Natijada "Mash'al" 23 ochko bilan 12-o‘rinda. "Buxoro" esa 21 ochko bilan 13-pog‘onaga joylashgan.

Superliga, 23-tur
30.09.2025, seshanba, 19:00
Mash'al - Buxoro - 0:0

Mash'al: Umidjon Hamroev, Samandar Ochilov, Islombek Baratov, Sardor Abdurahimov (Islom Sharipov, 71), Ibrohim G‘anixonov (Anvar Murodov, 46), Humoyun Murtozaev, Ergash Ismoilov, Shahboz Jo‘rayev, Sherzod Fayziyev, Aminu Umar (Muhammadali Aliqulov, 88), Dmitriy Yashin.
Buxoro: Otabek Boymurodov, Izzatillo Po‘latov, Sardor Qulmatov, Ravshan Xayrullayev, Azizbek Amonov (Bilol Tupliev, 81), Javohir Ro‘ziev, Toma Tabatadze, Muhammad Yo‘ldoshev, Marko Kolakovich, Frane Ikić, Shahboz Jo‘rabekov.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting