Superliga. «Mash’al» — «Surxon» bahsida nursiz durang qayd etildi
Jamoalar bir ochkodan bo‘lishib olishdi.
Futbol
Фото: Машъал ПФК
O‘zbekiston Superligasining 27-turidan o‘rin olgan «Mash’al» va «Surxon» o‘rtasidagi uchrashuvda g‘olib aniqlanmadi.
G‘uzordagi «Markaziy» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda har ikki jamoa raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi. Natijada uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi.
Shu tariqa, «Surxon» ochkolari sonini 31 taga yetkazdi. Termizliklar 27 ta uchrashuvdan keyin turnir jadvalida 12-o‘rinda bormoqda.
«Mash’al» esa 27 ta o‘yinda 5 ochko jamg‘arib, so‘nggi — 16-pog‘onada qoldi.
O‘zbekiston Superligasi. 27-tur
«Mash’al» – «Surxon» – 0:0