locale OZ

«Liverpool» Van Deyk bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Himoyachining «Liverpool» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda o‘z nihoyasiga yetadi.
Futbol
«Liverpool» Van Deyk bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Фото: Getty Images

«Liverpool»ning 35 yoshli markaziy himoyachisi Virjil van Deykning kelajagi borasida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

TEAMtalk jurnalisti Grem Beylining xabar berishicha, «Liverpool» rahbariyati niderlandiyalik futbolchiga 2028 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma taklif qilishga qaror qilgan. Ta’kidlanishicha, van Deyk mersisaydliklar bosh murabbiyi Andoni Iraola uchun juda muhim futbolchi hisoblanadi. Aynan ispaniyalik mutaxassis tajribali himoyachini jamoada saqlab qolishni talab qilgan.

Van Deyk joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 14 ta uchrashuvda maydonga tushdi va natijali harakatlari bilan ajralib turmadi. Himoyachining «Liverpool» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda o‘z nihoyasiga yetadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting