locale OZ

«Komo» Duvikas bilan shartnomani 2031 yilgacha uzaytirdi

Kelishuv 2031 yilgacha mo‘ljallangan.
Futbol
«Komo» Duvikas bilan shartnomani 2031 yilgacha uzaytirdi
Фото: Getty Images

«Komo» klubi hujumchisi Tasos Duvikas jamoa bilan yangi shartnoma imzoladi. Kelishuv 2031 yilgacha mo‘ljallangan.

«Komo 1907» klubi hujumchi Tasos Duvikas bilan shartnoma 2031 yilgacha uzaytirilganini mamnuniyat bilan ma’lum qiladi. 2024/25 yilgi mavsumning qishki transfer oynasida jamoaga kelib qo‘shilgan Duvikas barcha musobaqalarda “byankoblu” safida 68 ta uchrashuv o‘tkazib, 27 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifiga aylandi», — deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Ayni paytda «Komo» Italiya chempionati turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Yakshanba kuni ambitsiyali jamoa Milanning «Inter» klubiga qarshi maydonga tushadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting