locale OZ

«Bavariya» Oliseni faqat katta taklif bo‘lgan taqdirdagina sotishi mumkin

Uning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Futbol
«Bavariya» Oliseni faqat katta taklif bo‘lgan taqdirdagina sotishi mumkin
Фото: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubida fransiyalik vinger Maykl Olisening o‘yinlariga yuqori baho berilmoqda. Germaniya grandi rahbariyati yulduz futbolchiga qiziqish bildirayotgan klublarning rejalarini barbod qilishga qat’iy bel bog‘lagan.

Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, «Bavariya» Olise bilan uzoq muddatli rejalar tuzmoqda. Biroq jurnalist ta’kidlaganidek, Germaniya klubi juda yirik taklif olgan taqdirda futbolchini sotish variantini ham ko‘rib chiqishi mumkin.

Avvalroq Madridning «Real» klubi ham Maykl Olisega qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

24 yoshli fransiyalik futbolchining bozor qiymati 180 million yevroni tashkil etmoqda. Uning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting