locale OZ

Superliga. «Dinamo» «Paxtakor» bilan durang qayd etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. «Dinamo» «Paxtakor» bilan durang qayd etdi
Photo: Dinamo PFK

Superliga 18-turida “Dinamo” klubi Samarqandda “Paxtakor”ni qabul qildi.

Bellashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Dastlab 19-daqiqada samarqandliklar safida Richard Fraydey hisobni ochdi. 85-daqiqada Bobir Abduxoliqov “sherlar”ning yagona goliga mualliflik qildi.

Bu durangdan so‘ng Vadim Abramov shogirdlari ochkolari sonini 34 ochkoga yetkazib, 3-o‘ringa ko‘tarildi. “Paxtakor” esa 30 ochko bilan 6-pog‘onada qoldi.

Superliga. 18-tur

“Dinamo” 1:1 “Paxtakor”

Gollar: Richard Fraydey, 19 (1:0), Bobir Abduxoliqov, 85 (1:1)

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting