Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani saqlab qola olmadi
Superliga 16-turining markaziy o‘yinida “Dinamo” o‘z maydonida “Navbahor”ni qabul qildi.
O‘yinda dastlab hisobni 32-daqiqada mezbonlar futbolchisi Dmitriy Pletnev ochdi. Oradan bor-yo‘g‘i 4 daqiqa o‘tib, “Dinamo” yana bir bor mehmonlar darvozasini ishg‘ol qilib, ustunlikni mustahkamladi — 2:0.
Ikkinchi bo‘lim boshida “Navbahor” hisobni qisqartirdi. Gol muallifi — Abbos G‘ulomov. 54-daqiqaga kelib, namanganliklar futbolchisi Ruslanbek Jiyanov muvozanatni tikladi — 2:2. Bu hisob saqlanib qoldi.
Mazkur natijadan so‘ng “Dinamo” ochkolarini 30 taga yetkazib, turnir jadvalining 5-pog‘onasiga joy oldi. “Navbahor” esa 27 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.
O‘zbekiston Superligasi
16-tur
“Dinamo” — “Navbahor” 2:2
Gollar: 1:0 — Pletnev (32), 2:0 — Kucherenko (36), 2:1 — G‘ulomov (50), 2:2 — Jiyanov (54)