Superliga. “Buxoro” - “Sho'rtan” o'yini Samarqandda o'tkaziladi
FOTO: UZPFL
O'zbekiston Superligasining 14-turidan o'rin olgan “Buxoro” - “Sho'rtan” bahsi Samarqandda bo'lib o'tadi. Bu haqda O'zPFL matbuot xizmati xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “Buxoro” klubining uy stadioni mavsumga tayyor bo'lmaganligidan kelib chiqib, jamoalar uchrashuvni “Dinamo” stadionida qabul qilib olishga kelishuvga erishgan.
Klublarning U-21 jamoalari ishtirokidagi bellashuv esa Buxoroda o'tkazilishi belgilangan.
Ma'lumot uchun, “Buxoro” va “Sho'rtan” o'rtasidagi bahs 29-iyun kuni bo'lib o'tadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist