locale OZ

Superliga. Bugun 6-tur doirasida ikkita o'yin bo'lib o'tadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. Bugun 6-tur doirasida ikkita o'yin bo'lib o'tadi
FOTO: UZPFL

Bugun O'zbekiston Superligasining 6-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.

Turning markaziy o'yini “Bobur Arena”da “Andijon” va “Dinamo” o'rtasida kechadi. Shuningdek, OKMK o'z maydonida “So'g'diyona”ni qabul qiladi.

Andijondagi bahs 17:45 da, Toshkentdagisi esa 18:00 da start oladi.

Ma'lumot uchun, “Andijon” va “Dinamo” hozirda 9 ochko bilan mos ravishda 4 va 5-o'rinlarni egallab turibdi. OKMK hisobida 13 ochko mavjud va olmaliqliklar 2-o'rinni band etgan. “So'g'diyona” esa 4 ochko bilan 14-o'rinda bormoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting