Superliga. Aliboyevning yagona goli «Neftchi»ga Vodiy derbisida juda muhim 3 ochkoni olib keldi
Photo: Neftchi PFK
Superliga 19-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Neftchi" uchrashuvi yakunlandi. Bahsda farg‘onaliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
"Yo‘lbarslar" yarim himoyachisi Ikrom Aliboyevning 33-daqiqada uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi golga aylandi. Bu gol mehmonlarga 3 ochko olib keldi.
"Neftchi" 39 ochko bilan peshqadamlikni qo‘lga oldi. "Navbahor" esa 31 ochko bilan 6-o‘rinda.
Superliga. 19-tur
“Navbahor” 0:1 “Neftchi”
Gol: Ikrom Aliboyev 33
Bahrom Bobonov
Redaktor