locale OZ

Superliga. 5-tur bahslari davom ettirildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. 5-tur bahslari davom ettirildi
PHOTO: Telegram

Superliga. 5-tur bahslari davom ettirildi. 12 aprel kuni uch uchrashuv bo'lib o'tdi.

“Qo'qon-1912” o'z uyida “Buxoro”ni qabul qildi. Ulug'bek Baqoyev shogirtlari ushbu bahsda kichik hisobda mag'lubiyatga uchradi. O'yinning hal qiluvchi yagona goliga Iqboljon Malikjonov mualliflik qildi. U uchrashuvning 35 daqiqasida raqib darvozabonini jazolay oldi.

Kunning ikkinchi qarama-qarshiligi Samarqand shahrida bo'lib o'tdi.

“Dinamo” mezbonligida “So'g'diyona”ni qabul qildi. Ushbu uchrashuv qiziqarli va murosasiz tarzda kechdi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi jangavor durrang bilan yakunlandi. O'yindagi gollarga Jurani Ferreira, 25daqiqada (1:0) va Javohir Qahramonovlar, 39 daqiqada (1:1)mualliflik qilishdi.

Shanbaning uchinchi to'qnashuvi Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tdi. Unda “qaldirg'ochlar” “konchilar”ni qabul qildi va yakunda jamoalar 0:0 hisobidagi nursiz durrangga imzo chekishdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting