locale OZ

Superliga 23-turida «Buxoro» o‘z maydonida «Andijon»ni qabul qildi.

Gollar shousiga aylangan bellashuvda mezbonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Superliga 23-turida «Buxoro» o‘z maydonida «Andijon»ni qabul qildi.
photo: Nasaf fk
O‘zbekiston Superligasi
09.10.2026, Yak.
Buxoro
3
Andijon
2

Superliga 23-turida «Buxoro» o‘z maydonida «Andijon»ni qabul qildi. Gollar shousiga aylangan bellashuvda mezbonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab Boake va Bekzod Sulaymonov mehmonda gol urdi. 81-daqiqada Nika Kachavara farqni qisqartirdi. 84-daqiqada Asilbek Qayumov muvozanatni tikladi. 90+5-daqiqada Sherzod Esanov mezbonlarning g‘alaba goliga mualliflik qildi.

Bu g‘alabadan so‘ng buxoroliklar 37 ochko bilan 6-o‘ringa ko‘tarildi. «Andijon» esa 30 ochko to‘plab, 9-o‘rinda bormoqda.

Superliga. 23-tur
Buxoro – Andijon 3:2
Gollar:
Martin Boake, 11 (0:1), Bekzod Sulaymanov, 73 (0:2), Nika Kachavara, 81 (1:2), Asilbek Qayumov, 84 (2:2), Sherzod Esanov, 90+5 (3:2)
Buxoro: 12.Umid Hamroyev, 5.Sardor Qulmatov, 7.Xurshidbek Muxtorov, 11.Timur Mamasidiqov, 18.Ozodbek Rajabov (17.Javohir Ro‘ziyev, 75), 22.Asadbek Jo‘raboyev (88.Dominik Begich, 86), 25.Sherzod Esanov, 27.Muhammad Yuldashev, 42.Kirill Todorov (9.Nika Kacharava, 69), 78.Vladimir Rodich (77.Asilbek Qayyumov, 75), 97.Shahboz Jo‘rabekov.
Andijon: 19.Artyom Potapov, 2.Odilbek Abdumajidov, 7.Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (70.Hamidullo Karimov, 89), 11.Humoyunmirzo Iminov, 14.Abdurahmon Komilov, 18.Damir Temirov, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 22.Usmonali Ismonaliyev, 27.Martin Boake, 33.Doniyor Abdumannopov (28.Bekzod Sulaymonov, 71), 99.Rustam Turdimurodov (10.Dragan Cheran, 71).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting