locale OZ

Islom Ahmedov: «Ochiq aytaman, g‘alaba qozonishimizga hakamlar xalaqit berishdi»

«Buxoro» va «Andijon» jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan keyin mehmonlar ustozi Islom Ahmedov matbuot anjumanida quyidagilarni aytdi.
Islom Ahmedov: «Ochiq aytaman, g‘alaba qozonishimizga hakamlar xalaqit berishdi»
photo: Andijon fk
O‘zbekiston Superligasi
09.10.2026, Yak.
Buxoro
3
Andijon
2

Islom Ahmedov: «Ochiq aytaman, g‘alaba qozonishimizga hakamlar xalaqit berishdi»

«Buxoro» va «Andijon» jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan keyin mehmonlar ustozi Islom Ahmedov matbuot anjumanida quyidagilarni aytdi:
— O‘yinga keladigan bo‘lsak, oson kechmasligini bilardik. Yigitlar yaxshi harakat qilishdi, futbolchilarga hech qanday e’tirozimiz yo‘q. Ular borini berib, mehnat qilishdi. Faqat g‘alaba qozonishimizga ko‘proq hakamlar xalaqit berishdi, ochiq aytaman.
Shuncha paytdan beri o‘ynayapmiz va yutqazgan uchrashuvlarimizni ko‘radigan bo‘lsak, futbolchilardan ko‘ra, bizga hakamlar ko‘proq xalaqit berishdi. Bugun ham shunday bo‘ldi. Ko‘p vaziyatlarda «Buxoro» tomoniga yon bosdi. 2:0 hisobida yutayotgan paytimizda raqib jarima maydoni ichida penalti bermadi. Aut biz tomonda bo‘lyapti, raqib esa xohlagan joyidan aut tashlayapti. Hakam esa bularga e’tibor bermayapti.

Ochig‘i, yigitlarga achinyapman. Ular juda ko‘p mehnat qilishdi. Qolaversa, murabbiylar shtabi bilan uxlamasdan mehnat qilyapmiz. Birgina hakamning raqibga yon bosishi o‘yin natijasiga ta’sir qilyapti. Tabiiyki, mag‘lubiyat rahbariyatga yoqmaydi va bu o‘z-o‘zidan murabbiyning bo‘shatilishiga olib keladi. Afsuski, ishlayotgan, izlanayotgan murabbiylarning ishga nisbatan hafsalasini sovitish holati bo‘lyapti.

— Hakamlik masalasi bo‘yicha nima qilmoqchisizlar?

— Hakamlar ishini ko‘rib chiqadigan qo‘mita bor. Buni biz hal qila olmaymiz. Hammasini qo‘mita hal qiladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting