locale OZ

Silvanus Nimely hamda Farhod Sohibjonov ijara asosida “Qo‘qon-1912” jamoasida faoliyatini davom ettiradi

Mazkur ijara kelishuvi uch tomon — futbolchilar, jamoamiz hamda “Qo‘qon-1912” klubi uchun ham manfaatli hisoblanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Silvanus Nimely hamda Farhod Sohibjonov ijara asosida “Qo‘qon-1912” jamoasida faoliyatini davom ettiradi
photo: Neftchi FK

Jamoamiz safida o‘tgan mavsumdan buyon faoliyat olib borgan va chempionlik yo‘lida munosib hissa qo‘shgan legioner hujumchi Silvanus Nimely, shuningdek mavsum boshida tarkibimizga kelib qo‘shilgan vinger Farhod Sohibjonov mavsumning qolgan qismini ijara asosida “Qo‘qon-1912” jamoasida o‘tkazadigan bo‘ldi.

Mazkur ijara kelishuvi uch tomon — futbolchilar, jamoamiz hamda “Qo‘qon-1912” klubi uchun ham manfaatli hisoblanadi. Bu qaror o‘yin amaliyotini oshirish, tajriba to‘plash va kelgusida yanada kuchliroq bo‘lib qaytish uchun muhim qadamdir.

Futbolchilarimizga yangi jamoasida omad, muvaffaqiyat va yorqin o‘yinlar tilab qolamiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting