Shaxzod Azmiddinov: OChLni o'z nomi bor. Uchrashuvga har tomonlama tayyormiz
“Andijon” OCHL 2 doirasida Bahraynning “Al-Xaldiya” jamoasini qabul qiladi.
“Bobur arena" stadionida uchrashuv oldidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Unda burgutlar himoyachi Shaxzod Azmiddinov fikr bildirdi.
“Assalomu alaykum. Jamoamizda kayfiyat zoʻr. Oʻyinga keladigan boʻlsak, guruhimizdagi eng qiyin uchrashuvlardan biri boʻladi. Qoʻldan kelganicha harakat qilib, “Bobur arena”da uch ochkoni qoʻlga kiritishga intilamiz. Murabbiylar shtabi bilan kuchli va kuchsiz jihatlarini oʻrganib chiqdik. Hamma muxlislarni kutib qolamiz va uch ochko “Bobur arena”da qoladi, degan umiddaman.
Raqiblarni koʻrib chiqdik. Hamma oʻyinchilari kuchli. Oldingi chiziqdagi 99-raqamli oʻyinchisi baquvvat va tezkor ekan. Oʻsha futbolchini “ushlash”ga harakat qilamiz. 19-raqamli futbolchisi ham yaxshi ekan. Paslari zoʻr. Xudo xohlasa, biz tayyormiz, nolga “ushlash”ga harakat qilamiz. Xudoga shukr, hali Osiyo Chempionlar ligasida toʻp oʻtkazib yubormadik. Oxirigacha shu tempda ketishda davom etamiz.
Uchrashuvga har tomonlama tayyormiz. OCHLni oʻz nomi bor. Hamma bunga boshqacha “nastroy” bilan tushadi. Xudo xohlasa, hamma tayyor. Uch ochkoni qoʻlga kiritishga harakat qilamiz",-dedi futbolchi.