locale OZ

Maksim Shatskix: Uchrashuvdan keyin kiyim almashtirish xonasida futbolchilarga minnatdorchilik bildirdim

Andijon bosh murabbiyi Al-Xaldiya bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maksim Shatskix: Uchrashuvdan keyin kiyim almashtirish xonasida futbolchilarga minnatdorchilik bildirdim
photo: Andijon fk
Osiyo Chempionlar Ligasi 2
22.10.2025, Yak.
Andijon
0
Al Khalidiyah
0

“Andijon” - “Al-Xaldiya” (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida burgutlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix fikr bildirdi.

"Hamma koʻrdi, bugun jamoamiz koʻrsatgan oʻyini va yaratilgan imkoniyatlarni sarhisob qilib, gʻalabaga mos oʻyin koʻrsatdik, deb bemalol ayta olaman. Uchrashuvdan keyin kiyim almashtirish xonasida futbolchilarga minnatdorchilik bildirdim. Ishtiyoq, oʻyinga boʻlgan munosabat, gʻalabaga boʻlgan chanqoqlik koʻrinib turdi va shuning uchun minnatdorchilik bildirdim.

Umuman olganda, biz yetarlicha vaziyatlar yarata oldik. Bugun ikki ochko yoʻqotdik. Oldimizda chempionatni ikkita oʻyini bor. Keyingi uchrashuvlarda yaxshi natijalar koʻrsatishni niyat qilamiz. Endi uchta oʻyin oʻynadik. Hali guruhdan chiqishga imkoniyatlarimiz bor.

- Maksim Aleksandrovich, jamoa uchta oʻyinda ham gol ura olmadi. Bunga qanday izohlaysiz?

“Uchta oʻyinda gol oʻtkazmaganimizni ijobiy tarafi himoyadagi oʻyinni yaxshiligi. “Shoʻrtan”ga 4 ta gol urgandik, afsus, bu yerda gol ura olmadik. Umid qilamanki, hali uriladigan gollarimiz oldinda.

- Ikkinchi boʻlimda kutilmaganda jamoa sardori Damir Temirov hamda Doniyor Abdumannopovni almashtirilishi nima bilan bogʻliq?

"Ular juda katta hajmdagi ishni bajarishdi. Oʻzlari oʻynagan daqiqalarda raqib himoyachilarini sarosimaga solib turdi. Almashtirishni ikkita sababi bor. Birinchisi, ular toliqib qolishdi. Men futbolchilarimni yaxshi bilaman. Maydonda ularni qanaqa hajmdagi ishni bajarishgani menga koʻrindi. Yana bir sababi, koʻrgan boʻlsanglar, raqib ham ungacha uchta futbolchini tushirgandi. Aynan maydon markaziga futbolchi tushirildi. Shu bois markazni yanada yaxshiroq qilish maqsadida markazga oʻyinchi tushirdik. Shu tariqa, oʻyinni yana oʻz qoʻlimizga olishga harakat qildik.

“Andijon” jamoasi birinchi boʻlimni 30-daqiqasigacha oʻyinni mehmonlarga berib qoʻydi. Undan keyin jamoa moslashdi. Bu nima bilan bogʻliq, taktikami yoki...

- 30-daqiqagacha mehmonlar koʻproq toʻpga egalik qildi, degani toʻliq ustunlik qildi, degani emas. Darvozamiz oldida aytarli xavfli vaziyatlar yarata olmadilar. Oʻyin davomida bor-yoʻgʻi bittami, zarba berishdi. Arab jamoalariga xos tarzda toʻpni yaxshi nazorat qilishadi. Toʻpni nazorat qilishi bu jamoaga qandaydir ustunlik berdi, degani emas. Biz ham toʻpsiz oʻynashda yaxshi harakat qilamiz. Oldindan shunaqa rejamiz bor edi.

Ular toliqishgach, qarshi hujumlarda tezkor va tajovuzkor harakat qilishni oʻyladik. Aytganimdek, toʻpni nazorat qilish har doim ustunlik beradi, degani emas. Hozirgi futbolda hamma toʻpni nazorat qila oladi. Himoyada yaxshiroq oʻynashga harakat qildik. Hatto, “Manchester Siti” ham himoyaga oʻtib oʻynashni oʻrganyapti. Bu futbolni yozilmagan qoidasi. Raqib 90 daqiqa davomida aytarli hujum yaratmadi.

Raqib murabbiyi ikki ochko yoʻqotdik deb aytganini eshitdim. Lekin u aldayapti. Chunki koʻrinib turgandi, ular durang uchun kelgan. Oʻyindan keyin durangdan xursand ham boʻlishdi",-dedi mutaxassis.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting