Domenik Mendi: Ayni kunlarda O'zbekistonda ob-xavo o'zgarganidan xabarimiz bor
“Andijon” - “Al-Xaldiya” uchrashuvi oldidan bugun “Bobur arena”da matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Uning ikkinchi qismida mehmonlarning senegallik legioneri Domenik Mendi fikr bildirdi.
“Bu yerga kelganimizdan juda ham xursandmiz. Hozir murabbiyimiz barchasini aytib oʻtdi. Menimcha, qoʻshimcha qilishga hojat yoʻq. Ertaga oʻyinda borimizni berib yaxshi natija uchun kurashamiz. Maqsadimiz, rejamiz bitta.
Murabbiyimiz ertagalik uchrashuvga qanday tayyorgarlik koʻrishimizni belgilab beradi. Shu tayyorgarlikdan kelib chiqib yaxshi natija koʻrsatib ketishimiz kerak.
Ayni kunlarda O'zbekistonda ob-xavo o'zgarganidan xabarimiz bor. Murabbiyimiz ham aytib oʻtgan. Bunga ruhiy jihatdan va barcha shunday narsalarni eʼtiborga olib tayyorgarlik koʻrganmiz. Bahrayndagi ob-havo bilan unchalik katta farq qilmaydi. 2017-yili Oʻzbekistonda oʻynaganman. Oʻshanda yanvar oyida juda sovuq edi. Hozirgisi bilan solishtirganda ancha yaxshi",-dedi futbolchi.