locale OZ

Shahboz Jo‘rabekov «Buxoro» bilan shartnomasini uzaytirdi

U “Buxoro” bilan shartnomasini bir yilga uzaytirishga qaror qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shahboz Jo‘rabekov «Buxoro» bilan shartnomasini uzaytirdi
Фото: Бухоро ПФК

“Buxoro” klubi yangi mavsum oldidan tarkibdagi yetakchi o‘yinchilari bilan kelishuvlarni uzaytirmoqda.

Sports24.uz xabar berishicha, yarim himoyachi Shahboz Jo‘rabekov ham “Buxoro” bilan shartnomasini bir yilga uzaytirishga qaror qilgan.

Futbolchi o‘tgan mavsumda ham buxoroliklar safida Superliga doirasida 29 ta o‘yinda maydonga tushgan, 3 ta gol urgan va 2 assistni qayd etgandi.

Jo‘rabekov faoliyati davomida “So‘g‘diyona”, “Navbahor”, “Qizilqum” va “Bunyodkor” jamoalarida to‘p surgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting