locale OZ

Sergey Tokov: Raqibimiz kuchli edi

“Xorazm” – “Andijon” (0:3) o'yinidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Tokov qatnashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sergey Tokov: Raqibimiz kuchli edi
photo: Andijon fk
O‘zbekiston Superligasi
04.05.2026, Yak.
Xorazm
0
Andijon
3

“Xorazm” – “Andijon” (0:3) o'yinidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Tokov qatnashdi.

- Nima ham derdim? Balki oz-moz charchagandirmiz. O'yinchilar doimgidek haraakat qilishyapti. Darvozamizga 30 metrdan gol urayotgan bu uchinchi jamoa. Afsuski, bizda bunday gollar uchramayapti. Tajriba baribir o'z so'zini aytadi. Alamli gollarni o'tkazib yubordik. Muvozanatni yo'qotishimiz ham charchoq bilan bog'liq. Ikkinchi taymda vaziyatni o'zgartirish uchun har qancha harakat qilmaylik, baribir natija o'xshamadi. Ko'rinib turibdiki, nimadir yetishmayapti. O'z ustimizda ishlaymiz.

- O'tgan safargi intervyuingizda o'zbek futboli rivojiga hakamlar xalaqit qilyapti deb aytgandingiz...

- Unday ma'noda gapirmagandim. Hakamlar oxirigacha o'ynashga imkoniyat berishi kerak, degan mazmunda gapirgandim. Ortiqcha gapirmoqchi emasman. O'zimni jamoam haqida gapiraman. Muammolarimiz ko'rinib qoldi. Fikr bildirish qiyin, nimadir bo'ldi, nimadir bo'lmadi. Xissiyotga berilishni xohlamayman. Kimnidir aybdor qilishdan hech qanday mantiq yo'q.

- FIFA kunlarida jamoani keyingi rejalari qanday?

- Avvalo, futbolchilarimizni tiklashimiz kerak. Bir oyda 6 ta o'yin o'tkazdik. O'yinchilar albatta tiklanishlari kerak. Asosiy himoyachimiz birinchi taymdan so'ng o'zini almashtirishni so'radi, o'zini yomon his qilayotgandi. Jarohati yo'q, ammo bunday ketma-ket uchrashuvlarda o'ynash juda qiyin. Kubok uchrashuvlari ham bor. Kim yaxshiroq holatda bo'lsa, o'shalarni o'ynatamiz. Kubokda yaxshi natijalar ko'rsatishga harakat qilamiz. Guruhdan chiqishga intilamiz. Yoshlarni ham safimizga qo'shib kelyapmiz va ularga ham imkoniyat beramiz. O'ylaymanki, yechib bo'lmaydigan muammoni o'zi yo'q. Yaxshi harakat qilsak, albatta muammoni yechishimiz mumkin. Bugungi raqibimizni ham to'g'ri tushunish kerakki, ular kuchli edi. Tarkibida Cheran, Boake kabi kuchli futbolchilari bor. Ularni oylik maoshi bizni barcha legionerlarimizni maoshidan ham ko'p bo'lsa kerak. Xarakter ko'rsatishga harakat qildik. Biroq bizda mahorat kamlik qildi. Ishlashda davom etamiz, Mag'lubiyatsiz futbolni tasavvur qilib bo'lmaydi.

Turnir jadvali juda zich. Bitta g'alaba jamoani yuqoriga, mag'lubiyat esa quyiga tushirib yuboryapti. Hozircha autsayder bitta – “Mash'al”, ularda 0 ochko. Qolgan klublar oldinga qarab intilmoqda. Superligada kurash qizib boryapti. Jamoalar o'rtasida katta farq ham ko'rinmayapti.

- O'tgan o'yinlarni qanday baholaysiz?

- Yuqori natijalarni ko'rsatishimizni xohlayman. Seleksiya ishlarini olib boramiz va chiziqlarni yanada yaxshilash bo'yicha ishlaymiz. 3 ta futbolchimizda jarohat bor. SHuningdek, bizda iqtidorli yoshlar ham bor. Ular yana tajriba to'plashi kerak.

- Jamoani kuchaytirish uchun aynan qanday ishlar olib boriladi?

- Jamoani kuchaytirish bo'yicha rahbariyat bilan gaplashamiz. 3-4 ta pozisiyani kuchaytirish bo'yicha bizda aniq rejalar bor. Yoshlar orasida bu chiziqlarni to'ldiradiganlarini to'liq ko'rmayapman. Raqobat uchun bir qator o'yinchilar kerak.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting