locale OZ

Saloh — joriy mavsumda APLning eng yomon dribblingchisi

Misrlik hujumchining Premyer-ligada omadi yurishmayapti.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Saloh — joriy mavsumda APLning eng yomon dribblingchisi
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
19.10.2025, Yak.
Liverpul
1
Manchester Yunayted
2

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh joriy mavsum APLda dribbling boʻyicha eng past ko‘rsatkich qayd etgan futbolchi boʻldi.

WhoScored statistik portali maʼlumotlariga koʻra, misrlik futbolchining muvaffaqiyatli dribblinglar ulushi atigi 10 foizni tashkil etadi.

APLda 10 martadan ortiq raqibni aldashga urinib koʻrgan futbolchilar orasida bunday past natija koʻrsatgan boshqa oʻyinchi yoʻq.

2025/2026 yilgi mavsumda Saloh APLda 8 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. «MYU»ga qarshi (1:2) 8-tur uchrashuvida esa u 85 daqiqa maydonda harakat qildi.

Maʼlumot uchun, «Liverpul» APL turnir jadvalida 15 ochko bilan 3-oʻrinda bormoqda. Jamoa peshqadam «Arsenal»dan 4 ochko ortda qolmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting