locale OZ

«Liverpul» 38 yil ichida ilk bor ketma-ket toʻrtta oʻyinda magʻlub boʻldi

Mersisaydliklar APLning 8-turida «MYU»ga imkoniyatni boy berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» 38 yil ichida ilk bor ketma-ket toʻrtta oʻyinda magʻlub boʻldi
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
19.10.2025, Yak.
Liverpul
1
Manchester Yunayted
2

Angliya Premyer-ligasining 8-turidan oʻrin olgan bahsda «Liverpul» oʻz maydonida «Manchester Yunayted»ni qabul qilib, 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchradi.

Shu tariqa, mersisaydliklar ketma-ket toʻrtinchi bor imkoniyatni boy berib qoʻydi. Arne Slot shogirdlari bunga qadar «Kristal Pelas» (1:2), «Galatasaroy» (0:1) hamda «Chelsi» (1:2) qarshi oʻyinlarda magʻlub boʻlgandi.

Qizigʻi shundaki, «Liverpul» soʻnggi bor ketma-ket toʻrtta oʻyinda yutqazganiga 38 yil boʻldi. Bunday holat oxirgi bor 1987 yilda Kenni Dalglish boshqaruvida kuzatilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting