APL. «Liverpul» oʻz maydonida «MYU»ga yutqazib qoʻydi
Angliya Premyer-ligasining 8-turidan oʻrin olgan bahsda «Liverpul» va «Manchester Yunayted» oʻzaro to'qnash keldi va yakunda «qizil iblislar» 1:2 hisobida gʻalaba qozondi.
Dastlab Brayan Mbeumo 2-daqiqada hisobni ochdi. 78-daqiqada Kodi Gakpo muvozanatni tikladi. Oradan olti daqiqa oʻtib esa Harri Maguayr mankunianliklarga gʻalaba taqdim etgan gol muallifiga aylandi.
Shu tariqa, «Manchester Yunayted» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 13 taga yetkazib, 9-o‘ringa koʻtarilib oldi. «Liverpul» esa 15 ochko bilan 3-oʻrinda bormoqda.
APL. 8-tur
«Liverpul» — «Manchester Yunayted» 1:2
Gollar: Gakpo (78) — Mbeumo (2), Maguayr (84).
Liverpul — Mamardashvili, van Deyk, Konate, Kerkez, Soboslai, Isak (Kьyeza, 72), Mak Allister, Saloh (Frimpong, 87), Bredli (Virts, 62), Gakpo, Gravenberh (Jons, 62).
Manchester Yunayted — Lammens, Dalot, de Ligt, Maguayr, Maunt (Sheshko, 61), Fernandesh (Maynu, 87), Kunya, Amad (Dorgu, 58), Kazemiro (Ugarte, 58), Mbeumo, Shou (Yoro, 87).