locale OZ

Amorim ilk bor APLda ketma-ket ikki oʻyinda gʻalaba qozondi

«MYU» 8-turda «Liverpul»ni magʻlub etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Amorim ilk bor APLda ketma-ket ikki oʻyinda gʻalaba qozondi
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
19.10.2025, Yak.
Liverpul
1
Manchester Yunayted
2

«Manchester Yunayted» Ruben Amorim qo'l ostida ilk bor Angliya Premyer-ligasida ketma-ket ikki oʻyinda gʻalaba qozondi.

APLning 8-turidan oʻrin olgan bahsda «qizil iblislar» «Liverpul»ni 2:1 hisobida magʻlub etdi. Bundan avvalgi turda esa «Sanderlend» ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonilgandi.

Eslatib oʻtamiz, Amorim 2024 yilning noyabr oyidan buyon «MYU»ni boshqarib kelmoqda. Bu davr ichida u jamoani 51 ta rasmiy oʻyinga olib chiqdi.

Angliya Premyer-ligasining 8-turidan soʻng «Manchester Yunayted» 13 ochko jamgʻargan holda turnir jadvalida 9-o'rinda bormoqda. Musobaqa peshqadami esa 19 ochkoga ega «Arsenal» hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting