locale OZ

Maguayr: «Bu «MYU» safida «Enfild»da o‘tkazgan soʻnggi oʻyinim boʻlishi mumkin»

Angliyalik himoyachi «Liverpul» ustidan qozonilgan gʻalaba haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maguayr: «Bu «MYU» safida «Enfild»da o‘tkazgan soʻnggi oʻyinim boʻlishi mumkin»
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
19.10.2025, Yak.
Liverpul
1
Manchester Yunayted
2

«Manchester Yunayted» himoyachisi Harri Maguayr jamoasining APL 8-turida «Liverpul» ustidan qozongan gʻalabasi (2:1) haqida fikr bildirdi.

«Men bu yerda yetti yildan beri o‘ynayman, shuning uchun bu gʻalaba men uchun juda muhim edi. Hozir mening klub bilan shartnomamning soʻnggi yili ketmoqda, ehtimol, bu «MYU» safida «Enfild»da o‘tkazgan soʻnggi o‘yinim boʻlishi mumkin. Shu sababli bu uchrashuvni gʻalaba bilan eslab qolish men uchun alohida ahamiyatga ega», — dedi Maguayr.

Maʼlumot uchun, «Manchester Yunayted» soʻnggi marta «Liverpul»ni «Enfild»da 2016 yilning yanvarida magʻlub etgandi. Oʻshanda APLning 2015/2016 yilgi mavsumida «qizil iblislar» 1:0 hisobida gʻalaba qozongan.

Joriy mavsumdagi oʻyinda esa Maguayr 84-daqiqada gʻalaba golini urdi. Himoyachining klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting