locale OZ

Ro‘ziqul Berdiyev: \"Bugungi ajoyib atmosfera uchun muxlislarga rahmat\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ro‘ziqul Berdiyev: "Bugungi ajoyib atmosfera uchun muxlislarga rahmat"
PHOTO: Telegram
O‘zbekiston Superligasi
23.05.2025, Yak.
Nasaf Qarshi
2
ОКМК
1

Superligan 11-tur OKMKga qarshi o‘yindan keyin "Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

“Bugungi g‘alaba bilan muxlislarni tabriklayman. Bugun stadiondagi atmosfera ajoyib bo‘ldi. Ustiga-ustak O‘zbekistondagi eng yaxshi jamoalardan birini mag‘lub qilib, barchani xursand qildik. O‘yinga keladigan bo‘lsak, bu ikkala jamoa ham ochiq futbolni yaxshi ko‘rishadi. Shu sababli ikkala jamoa ham hujumkor o‘yin namoyish qilib berdi, deb o‘ylayman. Yaratilgan vaziyatlarga qaraydigan bo‘lsangiz, ikkala jamoa ham g‘alabani o‘ylagani ko‘rinib turibdi. Biz qayerdadir tartibliroq va extiyotkor bo‘lishimiz talab qilinardi, chunki OKMK jamoasi to‘p bilan yaxshi harakat qiladi. Balki shular sababdir, bugun jamoamda g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq katta bo‘ldi”,-deydi mutaxassis

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting