locale OZ

«Roma» A Seriyadagi eng yaxshi natijasini qayd etdi

Bu natija XXI asrda Italiya chempionatidagi eng yuqori uchinchi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Futbol
«Roma» A Seriyadagi eng yaxshi natijasini qayd etdi
Фото: Getty Images

Italiya chempionatining 11-turida Jan Pyero Gasperini boshchiligidagi «Roma» «Sassuolo» darvozasiga javobsiz uchta gol urdi. Shu tariqa, rimliklar joriy mavsumdagi gollari sonini 31 taga yetkazdi.

Bu natija XXI asrda Italiya chempionatidagi eng yuqori uchinchi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Ushbu boradagi eng yaxshi natija «Yuventus»ga tegishli. Turinliklar 2017/2018-yilgi mavsumda 33 ta gol urgan. Shu mavsumning o‘zida «Napoli» 32 ta gol bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. «Latsio» ham 2017/2018-yilgi mavsumda 31 ta gol urib, «Roma»ning hozirgi natijasini takrorlagan.

Italiya chempionatining 12-turida «Roma» 22-noyabr kuni «Parma»ga qarshi maydonga tushadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting