locale OZ

Rodri: «Hakamlarning befarqligi yaqqol ko‘rinib turibdi»

Rodri hakamlar Yamalga nisbatan ishlatilgan ayrim qo‘polliklarni e’tiborsiz qoldirayotganidan norozi bo'lmoqda.
Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Rodri: «Hakamlarning befarqligi yaqqol ko‘rinib turibdi»
photo: gettyimages
Jahon chempionati (JCH-2026)
14.07.2026, Yak.
Fransiya
0
Ispaniya
2

Rodri hakamlar Yamalga nisbatan ishlatilgan ayrim qo‘polliklarni e’tiborsiz qoldirayotganidan norozi bo'lmoqda. Ispaniyalik futbolchi Fransiyaga qarshi o'yindan keyin fikr bildirdi.

Raqibni zararsizlantirib, ularga o‘z futbolimizni o‘tkazishimiz kerak edi. Jamoa ajoyib o‘ynadi. Ayniqsa to‘psiz harakatlarda. Zaxiradan maydonga tushgan o‘yinchilar ham o‘zlarini aql bovar qilmas darajada ko‘rsatishdi.

O‘z o‘yini haqida:

Men juda mamnunman. O‘yin juda og‘ir o‘tdi. Har birimizning kuchimiz kerak bo‘ldi. Jismoniy jihatdan juda kuchli jamoaga qarshi o‘ynadik. Juda yaxlit o‘yin bo‘ldi.

Lamin Yamal va unga nisbatan ishlatilgan qo‘polliklar haqida:

Biz ketma-ket uchta o‘yindan beri shu holatga duch kelyapmiz. Gap hakamlar qayd etmayotgan 10-15 tadan ortiq follar haqida ketmoqda. Agar bunga qarshi chora ko‘rilmasa, himoyachilar xuddi shunday harakat qilishda davom etaveradi. Hakamlarning bunday befarqligi yaqqol ko‘rinib turibdi, ayniqsa bugun. Ammo Lamin baribir ajoyib o‘yin o‘tkazdi.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting