locale OZ

Mbappe: «Mag'lubiyatga bir necha sabablar bor»

Fransiyalik futbolchi Ispaniyaga qarshi bahsdan keyin fikr bildirdi.
Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Mbappe: «Mag'lubiyatga bir necha sabablar bor»
photo: gettyimages
Jahon chempionati (JCH-2026)
14.07.2026, Yak.
Fransiya
0
Ispaniya
2

Mbappe Ispaniyaga qarshi o‘yinda Fransiya terma jamoasi o‘z darajasida o‘ynamadi deb hisoblamoqda. Fransiyalik futbolchi Ispaniyaga qarshi bahsdan keyin fikr bildirdi.

«O‘yin biz istagandek chiqmadi – na taktik, na texnik va na o‘z darajamiz nuqtayi nazaridan. Agar jahon chempionati yarimfinalida qilishingiz kerak bo‘lgan ishni qilmasangiz, g‘alaba qozona olmaysiz.
Ispaniya o‘ziga xos bo‘lgan rejaga amal qildi – ular to‘pga egalik qilishni, o‘yin tempini nazorat qilishni yaxshi ko‘rishadi. G‘oya raqibni yuqori pressing qilish, bu ritmning o‘rnashilishiga yo‘l qo‘ymaslik edi, ammo biz buni uddalay olmadik. Texnik xatolar juda ko‘p bo‘ldi, kerakli paytda ularga muammo tug‘dira olmadik.

Biz ularga o‘z tempini o‘rnatishga ruxsat berdik – kuchlar balansini o‘zgartirishimiz kerak edi, ammo aynan shuni qila olmadik. Boshidanoq pressing tufayli maydon markazida hamisha ikkiga qarshi uch kishi bo‘lib qoldik, Ispaniyaga qarshi bu juda qiyin. Fabian Ruis va Rodrida yetarlicha vaqt bor edi, pressingda o‘zaro tushunish yetishmadi.
Biz yakkama-yakka o‘ynashimiz, raqiblarni o‘zimiz bilan birga yugurishga majbur qilishimiz kerak edi, chunki bu jamoa to‘psiz yugurishni yoqtirmaydi. To‘pni qaytarib olganimizda ham, birinchi uzatmalar va birinchi teginishlar jahon chempionati yarimfinali darajasiga mos kelmadi. Mag‘lubiyat mana shularning barchasidan kelib chiqdi.

Hamma kabi men ham juda hafsalam pir bo‘ldi. Biz finalga chiqishni, mamlakatimizga orzu qilish, tarix yaratish imkoniyatini berishni orzu qilgandik... Endi buni boshimizni baland ko‘targan holda qabul qilishimiz kerak.

Umidsizlik juda katta, buni so‘z bilan ifodalab bera olmayman. O‘zimizni qo‘lga olib, dam olib, oldinga intilishimiz kerak. Futbol hech kimni kutib o‘tirmaydi. Klub va xalqaro miqyosda hali boshqa voqealar ham bo‘ladi»,-dedi futbolchi.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting