Dide Desham: «Hakam yarim finalni boshqarish uchun yetarli saviyaga egamidi?»
Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Ispaniyadan uchralgan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.
«Futbolchilar tushkun holatda, ammo mantiqan olib qaraganda, biz texnik jihatdan oqsadik. Bu o‘zimizning aybimiz. Lekin men bir savol beraman: hakam yarim finalni boshqarish uchun yetarli saviyaga egamidi? Bunga o‘zim javob bermayman. Ko‘plab bahsli vaziyatlar bo‘ldi... Ammo asosiy sabab shundaki, biz o‘z darajamizdan past o‘ynadik, bir nechta texnik xatolarga yo‘l qo‘ydik – xavfli vaziyatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan uzatmalarda adashdik.
Bu juda yuqori daraja, garchi bu og‘riqli bo‘lsa ham. Biz uchinchi o‘rin uchun o‘ynaymiz. Erishgan barcha natijalarimizni qadrsizlantirmoqchi emasman, ammo bu o‘yinda Ispaniya bizdan biroz ustunroq ekanini ko‘rsatdi.
Men o‘zim haqimda o‘ylayotganim yo‘q, men o‘yinchilarga qo‘shilib oxirigacha yetib borishni maqsad qilgan holda o‘yinga tayyorgarlik ko‘rdim. Buni uddalay olmadik va bu juda achinarli. Ammo men qilgan yaxshi mehnatimizni pastga urmayman. O‘ylashimcha, biz o‘zimizni yaxshi tiklay oldik... Men hech qanday holatda ispan jamoasining xizmatlarini past baholamayman, ular o‘yinni nazorat qilishdi.
Bizga texnik aniqlik va energiya yetishmadi. Ispanlar harakatlarni oldindan sezib, uzatmalarni kesib o‘tish orqali raqib hujumlarini to‘xtatishni juda yaxshi bilishadi. Biz ularga hujumda ko‘proq muammo tug‘dirishni xohlagan edik»,-dedi mutaxassis.