locale OZ

Dembele Ispaniyaga qarshi o‘yinning tanaffusida kiyinish xonasida so‘zga chiqqan

«Uchranglilar» JCH-2026 yarimfinalida ispanlarga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.
Dembele Ispaniyaga qarshi o‘yinning tanaffusida kiyinish xonasida so‘zga chiqqan
photo: gettyimages
Jahon chempionati (JCH-2026)
14.07.2026, Yak.
Fransiya
0
Ispaniya
2

Fransiya milliy jamoasi vingeri Usmon Dembele Ispaniyaga qarshi o‘yinning tanaffusida kiyinish xonasida so‘zga chiqqan.

«Uchranglilar» JCH-2026 yarimfinalida ispanlarga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.

L'Équipe nashrining yozishicha, Dembele o‘yin borishini o‘zgartirishga urinib, birinchi bo‘limdan keyin — fransuzlar 0:1 hisobida ortda qolayotgan paytda jamoadoshlariga murojaat qilgan.

Ma’lum qilinishicha, «PSJ» futbolchisi Fransiyaning pressingiga e’tibor qaratib, bu harakatlar yetarlicha muvofiqlashmaganini ta’kidlagan.

Biroq uning gaplari ayrim jamoadoshlarining noroziligiga sabab bo‘lgan. Ular Usmon faqat o‘z o‘yini o‘xshamay qolgandagina hissiyotga berilib, faollik ko‘rsatadi, boshqa vaziyatlarda esa bunday munosabat bildirmaydi deb hisoblashgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting