Luis de la Fuente: «Dunyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o’yndik, raqib esa dunyoning eng kuchli jamoasiga qarshi»
Ispaniya bosh murabbiyi o‘z jamoasining jahon chempionati finaliga chiqqaniga izoh berdi.
Futbol
Ibrohim Jalolov
Redaktor
photo: gettyimages
Jahon chempionati (JCH-2026)
14.07.2026, Yak.
Fransiya
0
Ispaniya
2
Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente o‘z jamoasining jahon chempionati finaliga chiqqaniga izoh berdi.
«Hissiyotlarimizni so‘z bilan ifodalash qiyin, bu shunchaki sof quvonch. Bu ajoyib jamoa. Oldinda yana bir qadam tashlashimiz kerak. Keskinlik oshib bormoqda, finalda o‘ynash – bu ulkan mas’uliyat va sharafdir. Biz bunga jiddiy yondashishimiz kerak.
Kiyinish xonasida bizga dunyoning eng yaxshi o‘yinchilari to‘p suradigan dunyoning eng kuchli terma jamoalaridan biri qarshilik qilishi haqida gaplashdik. Ammo ular dunyoning eng yaxshi jamoasiga qarshi o‘ynashdi. O‘yinchilar murakkab narsani oddiydek ko‘rsata olishdi»,-dedi mutaxassis.