locale OZ

Ispaniya mag‘lubiyatsiz seriya davomiyligi bo‘yicha Italiya rekordini takrorladi

Ispanlar 2023 yilning mart oyidan beri rasmiy o‘yinlarda mag‘lubiyatga uchramayapti.
Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Ispaniya mag‘lubiyatsiz seriya davomiyligi bo‘yicha Italiya rekordini takrorladi
photo: gettyimages
Jahon chempionati (JCH-2026)
14.07.2026, Yak.
Fransiya
0
Ispaniya
2

Ispaniya mag‘lubiyatsiz seriya davomiyligi bo‘yicha Italiya rekordini takrorladi.

Ispanlar 2023 yilning mart oyidan beri rasmiy o‘yinlarda mag‘lubiyatga uchramayapti – o‘shanda jamoa Yevro-2024 saralashida Shotlandiyaga yutqazgan edi (0:2). Shundan beri Ispaniya terma jamoasi ketma-ket 37 ta o‘yinda yutqazmadi (28 g‘alaba va 9 durang).

Xuddi shunday davomiylikdagi mag‘lubiyatsiz seriyani 2018 yil sentyabrdan 2021 yil oktyabrgacha bo‘lgan davrda Roberto Manchini boshchiligidagi Italiya terma jamoasi qayd etgan edi.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting