locale OZ

Rassell Martin – «Lester» bosh murabbiyi

Murabbiy bilan shartnoma uch yilga mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rassell Martin – «Lester» bosh murabbiyi
ФОТО: Getty images

«Reynjers»ning sobiq bosh murabbiyi Rassell Martin «Lester Siti»ni boshqaradi. Bu haqda «tulkilar» rasmiy sayti xabar bermoqda.

Murabbiy bilan shartnoma uch yilga mo‘ljallangan.

Avvalroq mutaxassis «Milton-Kins Dons», «Suonsi Siti» va «Sautgempton» klublarini ham boshqargan. U «Reynjers»ni 2025 yilning oktyabrida tark etgan. Martin ushbu lavozimga asosiy nomzod edi.

O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra «Lester Siti» Chempionshipdan Angliya futbol tizimidagi uchinchi divizion bo‘lgan 1-Ligaga tushib ketdi.

2015/2016 yilgi mavsumda klub mamlakat chempioni bo‘lgan. APLning o‘sha mavsumidagi 38 turda Klaudio Raneri jamoasi 81 ochko to‘plab, eng yaqin ta’qibchisi «Arsenal»ni 10 ochkoga ortda qoldirgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting