“Qo‘qon-1912” Datsini ijaraga oldi
Photo: Qo‘qon-1912 PFK
"Qo‘qon-1912" klubi davralar orasidagi tanaffus paytida yana ikkita futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Jumladan, Kleydi Datsi va Abror Karimov qo‘qonliklar bilan bitim tuzdi. Ikkala futbolchi ham OKMKdan kelgan bo‘lib, ijara asosida klubda harakat qiladi.
Kleydi faoliyati davomida "Teuta", "Kastrioti", "Kukesi", "Partizan" va OKMK klublarida jami 150 marta maydonga tushib, raqiblar darvozasini 27 bor ishg‘ol qilgan. Shuningdek, 6 bor golli uzatma bilan samaradorlikni amalga oshirgan.
"Qo‘qon-1912" jamoasining ahil oilasi aʼzosiga aylangan Kleydi Datsiga "shunqorlar" safidagi faoliyatiga omad va muvaffaqiyat tilab qolamiz", - deyiladi xabarda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist