Kambekka kambek bilan! \"Barselona\" chempion!
Qiziqarli va keskin kurashlarga boy tarzda o'tgan ushbu bahs o'z nihoyasiga yetdi.

Uchrashuvning 28 daqiqasida “Barselona”ning kambinatsion hujumlaridan navbatdagisi gol bilan yakunlandi. Jarima maydonchasi ichidan Yamal to'pni juda ham qulay hududga yugurib kelayotgan Pedriga oshirdi va Pedri kuchli zarba bilan hisobni ochdi.

Birinchi bo'limdan keyin 1:0 hisobida ortda qolayotgan “qirollik klubi” ikkinchi bo'limda o'ziga kela oldi. Zahiradan maydonga tushgan Killiyan Mbappe uchrashuvning 70 daqiqasida jarima zarbasidan chiroyli gol urib, hisobni tenglashtirdi, 1:1.

77 daqiqada Chuameni burchakdan oshirilgan topni boshi bilan darvozaga yo'llab “Real”ni kambek qilib oldinga o'tib olishiga sababchi bo'ldi, 1:2.

Lekin, oradan yetti daqiqa o'tib “Barselona” futbolchisi Ferran Torres ham o'ziga berilgan imkoniyatdan unumli foydalandi va hisobni tenglashtirdi, 2:2.

Uchrashuvga qo'shib berilgan daqiqalarda bahsli vaziyat yuzaga keldi. “Real” futbolchisi o'z jarima maydonchasi ichida Rafinyaga nisbatan o'yin qoidasini buzdi deb topildi va hakam o'n bir metrli zarbani belgiladi. Vaziyatga VAR aralashdi va hakamlar penalti yo'q ekanligini bildirib, to'g'ri qaror qabul qilishdi.

Qo'shimcha taymlarning ikkinchisida Kunde gol urdi. “Barselona” himoyachisi 116 daqiqada hujumda paydo bo'ldi va chempionlik golini kiritdi. Shu tariqa Flik shogirtlari kambekka kambek bilan javob qaytarib, Ispaniya chempionligini qo'lga kiritdi hamda trebl qayd etish uchun imkoniyatni saqlab qoldi.

Ispaniya kubogi. Final
"Barselona" 3:2 "Real Madrid"
Gollar: Pedri 28, Torres 84, Kunde 116 - Mbappe 70, Chuameni 77