locale OZ

Qahramon Aslanov: Men futbolchi tarafdaman

Jurnalist Vinisiusning almashtirilishidagi vaziyatga munosabat bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qahramon Aslanov: Men futbolchi tarafdaman
photo: gettyimages
Ispaniya La Ligasi
26.10.2025, Yak.
Real Madrid
2
Barselona
1

Jurnalist Qahramon Aslanov Vinisiusning almashtirilishidagi vaziyatga munosabat bildirdi.

"Vinisiusning almashtirilishi paytidagi vaziyatda men futbolchi tarafdaman.

Futbol avvalo o‘yin va unda futbolchilar O‘YNAYDI. Biz natija ortidan buni unutib qo‘yyapmiz go‘yo.

Futbol ko‘proq og‘ir mehnatga aylanib ketdi. Murabbiylar yuzlab ma’lumot va vazifalar bilan futbolchining miyasini to‘ldiradi, o‘yindan keyin har bir harakat yaqindan tahlil qilinadi. Shaxmat donalarining mazza qilganini ko‘rganmisiz?

Mana shunaqa o‘yinlar esa futbolchilar uchun mukofot. Ayniqsa o‘yining chiqib turgan bo‘lsa. Ochko, turnir jadvali, Alonsoning ko‘rsatmalaridan tashqari, ular yosh, o‘zaro «razborlari» bor - Yamal nimadir deydi, ko‘rsatib qo‘yish kerak, balki yechinish xonasida Mbappe bilan kim ko‘p gol urish bo‘yicha garov o‘ynagandir, balkim sevgan qiziga aynan bugun gol urib nimanidir ko‘rsatmoqchidir, bugun bo‘lmasa, qachon?

Futbolchilarga ba’zida qo‘yib berish kerak. O‘ynasin, o‘xshab turganda mazza ham qilsin. Alonsoning o‘z vazifasi bor, yutish uchun nima to‘g‘ri bo‘lsa o‘shani qiladi. Uning aytgani bo‘ladi. Bo‘ldi ham. Lekin Vinisiusni ham tushunish kerak. U birinchi taymda eng yaxshilardan biri edi. Eng ko‘p yugurayotgandi. Uning aytgani bo‘lmadimi, hech bo‘lmasa emotsiyasini tushunishimiz kerak. Tabiiy.

Menimcha, Alonso buni tushunadi. Bu holat negativ emas, aslida pozitiv ekanini, futbolchi o‘ynamasliknimas, o‘ynashni istayotganini anglaydi. Hech qanday muammo yo‘q",-deb yozadi jurnalist o'zining ijtimoiy tarmoq sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting