locale OZ

Qahramon Aslanov \"el-klasiko\"dagi yo'qotishlar haqida fikr bildirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qahramon Aslanov "el-klasiko"dagi yo'qotishlar haqida fikr bildirdi
Photo: gettyimages
Ispaniya kubogi
26.04.2025, Yak.
Barselona
3
Real Madrid
2

Jurnalist Qahramon Aslanov Ispaniya kubogi finali oldidan jamoalardagi yo'qotishlar haqida quyidagicha yozdi:

""Real" uchun Mbappe asosiy yo‘qotish, shubha yo‘q, ammo "Barselona"ga, kelganda, menimcha, Levandovskidan ham ko‘ra, Baldening o‘rni ko‘proq bilinsa kerak.

Rafinya orqali bilinadi. Ma’lumki, Rafinya vinger emas, Flik undan markazroqda, chap yarimqanotda foydalana boshlagandan beri, uning o‘yini ochilib ketdi. Balde esa bu bog‘lamda muhim figura - u doim qanotni kengaytiradi, ya’ni aut chizig‘ida hujumni quvvatlash orqali, raqib qanot himoyachisini chetga tortadi. Bu raqibdagi o‘ng qanot va markaziy himoyachi o‘rtasida kichik bo‘sh zona paydo qiladi - aynan Rafinya foydalanadigan xudud.

Martin ham hujumga qo‘shilishi mumkin, ammo Baldechalik faol emas, natijada, Baldesiz o‘yinlarda qanotni kengaytirish Rafinyaga qolyapti. Bu esa jarima maydonida kamroq paydo bo‘lish degani, Rafinyadagi aynan kutilmaganlik effekti yo‘qolib qoladi.

Balkim "Real" ham Martinni oldinga chiqishga qo‘ymaslik uchun o‘ng qanotiga urg‘u berar, ko‘proq hujumlar o‘sha tomondan amalga oshirilishi mumkin",-deb yozadi Aslanov

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting