locale OZ

Prevyu. «Xorazm» - «Neftchi»

"Xorazm"-"Neftchi" uchrashuvida Ravshan Abduvohidov bosh hakam sifatida faoliyat yuritadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Prevyu. «Xorazm» - «Neftchi»
Фото: Нефтчи ПФК

O‘zbekiston chempionligini muddatidan oldin qo‘lga kiritgan sevimli "Neftchi" jamoamiz Superliganing so‘nggi 30-tur bellashuvini Urganch shahrida "Xorazm" klubiga qarshi o‘tkazadi.

O‘zaro to‘qnashuvlar ma’lumotlariga nazar tashlasak, shu kunga qadar jamoalar Superliga chempionati doirasida 17 marta yuzlashgan bo‘lib, bu qarama-qarshilikda farg‘onaliklar katta ustunlikka ega chiqishgan. Ushbu to‘qnashuvlarda "Neftchi" jami 13 ta o‘yinda g‘alaba qozongan bo‘lsa, 3 ta bahsda tomonlar murosa qilishgan va faqat 1 ta bellashuvda "Xorazm"ning qo‘li baland kelgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbati 11-56 farg‘onaliklar foydasiga. Eng yirik g‘alabalarga kelsak, "Neftchi" 1998 va 2006 yillarda "Xorazm" klubini 7:1 va 8:2 hisobida mag‘lub etgan.

Urganchda qayd etilgan so‘nggi 5 uchrashuv natijalari:

25.09.2010.
"Xorazm"-"Neftchi" 2:1
20.10.2009.
"Xorazm"-"Neftchi" 0:0
23.09.2006.
"Xorazm"-"Neftchi" 2:8
13.05.2000.
"Xorazm"-"Neftchi" 1:1
18.04.1999.
"Xorazm"-"Neftchi" 1:1

Eslatma: Superliganing so‘nggi 30-tur doirasidagi "Xorazm"-"Neftchi" uchrashuvida Ravshan Abduvohidov bosh hakam sifatida faoliyat yuritadi. Bellashuv soat 15:00 da boshlanadi

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting