locale OZ

Prevyu. «Qizilqum» – «Mash'al»

Uchrashuv soat 19:00da start oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Prevyu. «Qizilqum» – «Mash'al»
Фото: Машъал ПФК

Superliganing 24-turida Muborakning "Mash'al" jamoasi Navoiyning "Qizilqum" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv rasmiylari

Navoiyda bo'lib o'tadigan "Qizilqum" – "Mash'al" uchrashuvini Ahrol Risqullayev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Shohruh Maqsudov va Adham Rihsiboyev yordam beradi. Zaxira hakami – Zufar Ergashov. Hakamlar faoliyatini Aleksandr Popov nazorat qiladi. Uchrashuv komissari – Shohruh Said.

O'zaro o'yinlar

"Mash'al" va "Qizilqum" shu kunga qadar chempionat bahslarida 35 marta to'qnash kelgan. G'alabalar bo'yicha "Qizilqum"da 11 ta, "Mash'al"da esa 10 ta yutuq bor. 14 ta o'yin durang bilan yakunlangan. Muborakliklar raqib darvozasini 46 marta ishg'ol qilgan bo'lsalar, navoiyliklar esa 44 gol urgani qayd etilgan.

"Mash'al"ning o'zaro o'yinlarda qo'lga kiritgan eng yirik g'alabasi — 6:1. "Qizilqum"da bu ko'rsatkich 6:3 bo'lib turibdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting