locale OZ

Prev'yu. \"Andijon\" - \"Neftchi\"

Futbol
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Prev'yu. "Andijon" - "Neftchi"
Photo: Andijan PFC

9-may kuni Superliga 9-turining markaziy o‘yini Andijondagi “Bobur arena” stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda vodiy derbisi nomi ostida “Andijon” va “Neftchi” jamoalari bahs olib boradi.

Bu ikki jamoa o‘rtasidagi uchrashuv har doim keskin kurashlarga boy bo‘lgan. Shu kungacha klublar O‘zbekiston chempionatida 51 marta to‘qnash kelishgan. “Andijon” hisobida 10 ta, “Neftchi”da esa 33 ta g‘alaba mavjud. Yana 8 ta o‘yinda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati 45\97 “Neftchi” foydasiga.

O‘tgan yili Farg‘onadagi bahsda 2:2, Andijonda esa 0:0 hisobi qayd etilgan. “Andijon” o‘z maydonida “Neftchi”ni oxirgi bor 2016-yilda mag‘lub etgan va o‘shanda o‘yin 2:1 natija bilan yakunlangan.

Andijonda bo‘lib o‘tgan so‘nggi 5 ta uchrashuv natijalari quyidagicha:

25.09.2024.
"Andijon"-"Neftchi" 0:0
08.04.2023.
"Andijon"-"Neftchi" 0:2
09.04.2016.
"Andijon"-"Neftchi" 2:1
30.05.2015.
"Andijon"-"Neftchi" 0:4
22.06.2014.
"Andijon"-"Neftchi" 1:3

Eslatib o‘tamiz, "Andijon"-"Neftchi" bahsini Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Uchrashuv ertaga soat 18:00 da boshlanadi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting