locale OZ

Po'latxo'ja Xoldorxonov: Murabbiy almashgani bilan jamoaning maqsadi o'zgarmaydi

19 aprel kuni Qo'qonda vodiy derbisi doirasida “Andijon” jamoasi “Qo'qon-1912”ga qarshi maydonga tushadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Po'latxo'ja Xoldorxonov: Murabbiy almashgani bilan jamoaning maqsadi o'zgarmaydi
photo: Andijon fk
O‘zbekiston Superligasi
19.04.2026, Yak.
Qo'qon-1912
0
Andijon
0

19 aprel kuni Qo'qonda vodiy derbisi doirasida “Andijon” jamoasi “Qo'qon-1912”ga qarshi maydonga tushadi.

Ayni paytda “Burgutlar” bo'lajak bahs uchun astoydil tayyorgarlik ko'rishmoqda. Jamoamiz a'zolari buning uchun mashg'ulotlarda jiddiy ishlashmoqda va murabbiylarning ko'rsatmalari asosida shug'ullanishyapti.

Jumladan, Po'latxo'ja Xoldorxonov ham jamoadoshlari qatori yuqori suratda tayyorgarlik ko'rmoqda.

Jamoamizning bugungi mashg'uloti oldidan klub matbuot xizmati Xoldorxonov bilan qisqacha muloqot o'tkazdi.

- Po'latxo'ja, 19 aprel kuni "Andijon"ni safarda "Qo'qon-1912"ga qarshi navbatdagi vodiy derbisi kutmoqda. Bo'lajak o'yinga tayyorgarlik qanday ketmoqda va jamoani kayfiyati qanday?

- Assalomu alaykum. O'yinga tayyorgarligimiz yaxshi ketmoqda. Jamoaning kayfiyati yaxshi va hamma o'yinga tayyor.

- Ma'lumki, ketma-ket muvaffaqiyatsizliklardan keyin jamoamizda murabbiylar almashdi. Ayting-chi, murabbiy yangilanganidan so'ng jamoada qanday o'zgarishlarni sezyapsiz?

- Bilasizmi, murabbiy almashgani bilan jamoaning maqsadi o'zgarmaydi. Barcha o'yinga hammamiz maydonga faqat g'alaba uchun tushamiz. Mashg'ulotlar jarayonida shuni ko'ryapmizki, bizga dominant futbolni olib kirmoqda. Aynan mashg'ulotlarda shuni ustida ko'proq ishlayapmiz.

- Har o'yinda jon-jahdingiz bilan o'ynayotganingizga guvoh bo'lyapmiz. Oldindagi o'yin uchun qanday motivasiya olyapsiz?

- Xudo xohlasa, bo'lajak bahsda jamoamga qo'limdan kelganicha yordam beraman. Albatta, mening vazifam gol urish, lekin gol urishdan ham ko'ra jamoamning g'alabasi muhim. Men har bir uchrashuvda borimni berishga harakat qilaman va buning uchun hamma vaqt muxlislardan motivasiya olaman.

- Jamoaning mag'lubiyatli o'yinlar seriyasiga nima sabab deb o'ylaysiz?

- Afsuski, o'yinlarda bizga ko'pincha omad yetishmadi, deb o'ylayman. Qaerdadir o'zimizning xatolarimiz evaziga yutqazdik. Albatta, oldingi xato va kamchiliklardan yetarli xulosalar chiqarib, bo'lajak bellashuvlarda ishqibozlarimizni g'alabalar bilan xursand qilamiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting