locale OZ

Pochettino «MYu» muxlislariga murojaat qildi

U klub muxlislariga murojaat yo‘lladi.
Futbol
Pochettino “MYu” muxlislariga murojaat qildi
Фото: Getty Images

“Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Karringtondagi mashg‘ulotlar bazasiga rasman tashrif buyurganidan so‘ng klub muxlislariga murojaat yo‘lladi.

“Salom, ‘qizil iblislar’! Bu — Maurisio Pochettino. Sizlar bilan uchrashishni intiqib kutyapman. Sizlar haqingizda ko‘p yaxshi gaplarni eshitdim. Umid qilamanki, birgalikdagi mehnatimiz va o‘zaro yaqin aloqamiz ko‘plab quvonchli onlarni taqdim etadi.

Jamoani qo‘llab-quvvatlash, futbolchilarni maydonda bor kuchini sarflashga ruhlantirish va biz munosib bo‘lgan natijalarga erishish yo‘lida birgalikda harakat qilish o‘zgacha hissiyot bag‘ishlaydi”, — deya Pochettinoning so‘zlaridan iqtibos keltirdi insayder Fabritsio Romano.

Argentinalik mutaxassis “qizil iblislar” bosh murabbiyi lavozimidan bo‘shatilgan Maykl Kerrikning o‘rnini egalladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting