locale OZ

Pochettino: «Bu faoliyatimdagi eng qiyin qarorlardan biri bo‘ldi»

22-noyabr kuni «qizil iblislar» yangi bosh murabbiy qo‘l ostidagi ilk uchrashuvini o‘tkazadi.
Futbol
Pochettino: «Bu faoliyatimdagi eng qiyin qarorlardan biri bo‘ldi»
Фото: Getty Images

Maurisio Pochettino «Manchester Yunayted» bilan qanday kelishuvga erishgani haqida gapirdi.

Argentinalik mutaxassis AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida Gaitiga qarshi bo‘lajak ikkita o‘yinda jamoani boshqaradi. Shundan so‘ng u Angliya klubidagi vazifasini bajarishga kirishadi.

«Bu faoliyatimdagi eng qiyin qarorlardan biri bo‘ldi. Uni qabul qilish haqiqatan ham oson kechmadi, shu bilan birga, bu qadamdan hayajondamiz.

Hammasi juda tez sodir bo‘ldi. Ilk aloqalar yakshanba kuni tushdan keyin boshlandi. Kecha barcha masalalar oydinlashgach, bu haqda futbolchilar va xodimlarga xabar berdim.

Umid qilamanki, «MYU»da ham bu yerda, AQSH terma jamoasida bo‘lgani kabi ta’sir ko‘rsata olamiz va o‘zaro shunday munosabatlarni shakllantiramiz», – deya Pochettinoning so‘zlarini keltiradi Centregoals.

22-noyabr kuni «qizil iblislar» yangi bosh murabbiy qo‘l ostidagi ilk uchrashuvini o‘tkazadi. Manchesterliklar safarda «Liverpul» bilan bahs olib borishadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting