locale OZ

Pepe: “Barselona” mavsumni juda yaxshi o'tkazmoqda”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pepe: “Barselona” mavsumni juda yaxshi o'tkazmoqda”
FОТО: Getty Images
Ispaniya kubogi
26.04.2025, Yak.
Barselona
3
Real Madrid
2

Madridning “Real” klubi sobiq himoyachisi Pepe “Barselona”ning joriy mavsumdagi o'yini va natijalari haqida gapirdi.

Eslatib o'tamiz, 26-apreldan 27-aprelga o'tar kechasi Ispaniya Kubogi finalida “Barselona” va “Real Madrid” o'zaro to'qnash keladi.

“Barselona” juda yaxshi mavsum o'tkazmoqda. Avvaliga ularda shunchaki jamoa yo'qdek tuyulgandi, lekin ular juda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Biroq final - bu final. O'ylaymanki, Madrid tayyor bo'ladi”, - deya Pepening so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo nashri.

Ma'lumot uchun, hozirda kataloniyaliklar La Liganing 33-turidan o'rin 76 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Real” esa 72 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting