locale OZ

Pedro Moreyra: \"Uchrashuv boshidanoq noodatiy boshlangani uchun qiynaldik\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pedro Moreyra: "Uchrashuv boshidanoq noodatiy boshlangani uchun qiynaldik"
PHOTO: Telegram
O‘zbekiston Superligasi
03.05.2025, Yak.
Surxon
2
Paxtakor Toshkent
1

O'zbekiston superligasi 8 turidan o'rin olgan “Surxon” 2:1 “Paxtakor” jamoalari o'rtasidagi to'qnashuvdan keyin “sherlar” bosh murabbiyi Pedro Moreyra quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi:

“O'zbekiston chempionati oson emas. Har bir jamoa kurash taklif qiladi, bugun ham buning misolini ko'rdik. Ikki jamoa ham faol harakat qildi, ammo ko'rganingizdek bir kishi kam bo'lib qoldik. Biroq, shunga qaramasdan yigitlarim harakat qilishdi. Ularga doim klubga yordam berishlarini aytaman.

Albatta, bugungi o'yinda ham yutishga harakat qilishdi. Lekin, hozirgi formada bu qiyinroq vazifa edi. Uchrashuv boshidanoq noodatiy boshlangani uchun qiynaldik. Bugun, o'yinchilarim o'yin so'nggida ham harakat qilgan holda xarakter ko'rsatishdi”,-deydi mutaxassis

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting