locale OZ

Fevzi Davletov: \"Yarimta vaziyatdan ham foydalanib ketganimiz yaxshi bo'ldi\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fevzi Davletov: "Yarimta vaziyatdan ham foydalanib ketganimiz yaxshi bo'ldi"
PHOTO: Telegram
O‘zbekiston Superligasi
03.05.2025, Yak.
Surxon
2
Paxtakor Toshkent
1

O'zbekiston superligasi 8 turidan o'rin olgan “Surxon” 2:1 “Paxtakor” jamoalari o'rtasidagi to'qnashuvdan keyin “tulporlar” bosh murabbiyi Fevzi Davletov quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi:

"Bo'lim bo'lim taktik jihatdan o'tdi. "Paxtakor" vertikal va uzun uzatmalar orqali o'ynashini bilardik. Bunga qarshi tura oldik. Tanaffusda esa vaziyatlar bo'lishini aytgandik va gol urish kerakligini takidlagandik. Yarimta vaziyatdan ham foydalanib ketganimiz yaxshi bo'ldi.

To'p o'tkazib yuborganimiz esa yoqmadi, shunday vaziyatlarda va to'pni egallash chog'ida oxirigacha o'ynamayapmiz. Bundan tashqari, zaxiradan o'yinga qo'shilganlar yaxshi o'ynay olishmadi. Umuman olganda, yigitlarni tabriklayman, shuningdek muxlislarimiz ham tabriklash uchun kelishdi",-deydi mutaxassis

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting