Pedri «Real»ga qarshi oʻyin haqida fikr bildirdi
«Barselona» yarimhimoyachisi Pedri Madridning «Real» klubiga qarshi boʻladigan navbatdagi «El Klasiko» oldidan oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
Uning taʼkidlashicha, bu safar «qirollik klubi» avvalgi uchrashuvlarga nisbatan koʻproq qarshilik koʻrsatishi kutilmoqda.
«O‘tgan mavsumdan farqli oʻlaroq, bu safargi «El Klasiko» ikki bosim o‘tkazuvchi jamoa oʻrtasidagi teng kurash boʻladi, deb oʻylayman. Flik qoʻl ostidagi prinsiplarimizga sodiqmiz — har doim pressing qilishga, toʻpni nazorat qilishga intilamiz.
Endi biz «Real»dan ham shunga oʻxshash oʻyin kutyapmiz, ayniqsa «Santyago Bernabeu»da. Bu mavsum ular barcha uchrashuvlarda ilk daqiqalardanoq faol pressing qilayapti», — dedi Pedri.
Eslatib oʻtamiz, «Real» va «Barselona» oʻrtasidagi bugungi bahs Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da start oladi.